O‘zbekistonda ozarbayjon tili bepul o‘rgatiladi

O‘zbekistonda ozarbayjon tili bepul o‘rgatiladi
O‘zbekistonda ozarbayjon tilini o‘rganishni istaganlar uchun bepul til kurslari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Rashad Mamedov X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Bildirilishicha, mashg‘ulotlar Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazida o‘tkaziladi. Mazkur markaz Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida joylashgan. Kurslar 30-sentyabrdan boshlanadi va bepul bo‘ladi.
“Kurslarda ishtirok etish orqali siz malakali mutaxassis ko‘magida ozarbayjon tilining boy lug‘at tarkibi, grammatik tuzilishi va to‘g‘ri so‘zlashuv qoidalarini o‘rganishingiz, shuningdek, kundalik muloqot ko‘nikmalaringizni rivojlantirishingiz mumkin”, dedi diplomatik missiya rahbari.
Kurslarda qatnashishni istaganlar quyidagi posterdagi QR-kodni skanerlab, ro‘yxatdan o‘tishi zarur.
“Ozarbayjon tiliga qiziqish bildirgan va ushbu tilni o‘rganishni istagan barchani kurslarimizga taklif etamiz!”, deya ta’kidladi Rashad Mamedov.

