Mahalliy

O‘zbekistonda OTMning ayol bitiruvchilari ishni tezroq topyapti – BSI

Bitiruvchilar sifati indeksi (BSI) ma’lumotlariga ko‘ra, ayol bitiruvchilarga ish topish uchun o‘rtacha 2 oy, erkaklarga

O‘zbekistonda OTMni bitirgan ayollar ishga erkaklarga qaraganda tezroq joylashmoqda – BSI

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan ayollar ish topishda erkaklardan oldinda. Biroq daromad bo‘yicha buning aksi kuzatilgan.

Bitiruvchilar sifati indeksi (BSI) ma’lumotlariga ko‘ra, ayol bitiruvchilarga ish topish uchun o‘rtacha 2 oy, erkaklarga esa 3 oy vaqt ketgan.

Shu bilan birga, erkak bitiruvchilarning o‘rtacha oylik daromadi 6 mln so‘m, ayollarniki esa 3,9 mln so‘mni tashkil etgan. Ya’ni erkaklarning o‘rtacha daromadi ayollarnikidan qariyb 54 foiz yuqori.

BSI tahlili 2024/2025 o‘quv yilida 170 ta oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan 249 432 nafar bitiruvchi ma’lumotlarini qamrab olgan. Unda ishga joylashish tezligi bilan birga barqaror bandlik, rasmiy daromad va bandlik shakli ham baholangan.

Hisobotda bunday ko‘rsatkichlarni talqin qilishda oliygoh ixtisoslashuvi, hududiy mehnat bozori, bitiruvchilar tarkibi va boshqa omillarni ham inobatga olish zarurligi qayd etilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.