Iqtisodiyot

O‘zbekistonda ortiqcha to‘langan QQSni importda hisobga olish tartibi belgilandi

Endilikda tovar va xizmatlarni sotishda QQS bo‘yicha ortiqcha turgan mablag‘larni importda to‘lanadigan soliq hisobiga o‘tkazish mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonda importda ortiqcha to‘langan QQSni hisobga olish tartibi belgilandi

O‘zbekistonda tovarlarni import qilish va realizatsiya qilish chog‘ida to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Tegishli idoraviy hujjat 31-oktyabr kuni 3966-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Yangi tartibga muvofiq, soliq to‘lovchilar tovar va xizmatlarni realizatsiya qilishda QQS bo‘yicha ortib qolgan mablag‘lardan import tovarlar uchun bojxonada to‘lanadigan QQSni qoplashda foydalanishi mumkin.

Buning uchun soliq to‘lovchi bojxona yuk deklaratsiyasi orqali QQS summalarini o‘zaro hisobga olishni bildiradi. Bojxona qo‘mitasi esa ortiqcha to‘lov mavjudligini tasdiqlash uchun Soliq qo‘mitasiga so‘rov yuboradi.

Soliq qo‘mitasi hisobga olinishi mumkin bo‘lgan summa haqida ma’lumot beradi va o‘zaro hisobga olish dalolatnomasi avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Shundan keyin Bojxona qo‘mitasi tegishli summani soliq to‘lovchining bojxona organlaridagi shaxsiy hisobvarag‘ida aks ettiradi hamda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtiradi.

Adliya vazirligiga ko‘ra, ushbu tartib tadbirkorlar uchun tovarlarni import qilishda qulaylik yaratishga qaratilgan. Soliq va bojxona organlari o‘rtasidagi hisobga olish jarayonlari avtomatik ravishda amalga oshiriladi.

Avvalroq O‘zbekistonda to‘qqiz oyda korxonalarga 16 trln so‘mdan ortiq QQS qaytarilgani haqida xabar berilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.