Mahalliy

O‘zbekistonda o‘lat bo‘yicha epidemiologik vaziyat barqaror — mutaxassis

O‘zbekistonda o‘lat kasalligi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror, hozircha xavotirlanish uchun asos yo‘q. Bu haqda

O‘zbekistonda o‘lat bo‘yicha epidemiologik holat barqaror — mutaxassis

O‘zbekistonda o‘lat kasalligi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lib, hozircha xavotirga asos yo‘q. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov ma’lum qildi.

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Irkutsk shahrida o‘lat kasalligi, jumladan uning o‘pka shakli bilan bog‘liq holat qayd etilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Atabekovning aytishicha, Rossiyaning Rospotrebnadzor tashkiloti rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, Irkutskda kuzatilgan holatning o‘lat kasalligi bilan bog‘liqligi hozircha tasdiqlanmagan. Ayni paytda ushbu holat yuzasidan tekshiruvlar davom etmoqda.

Mutaxassis o‘lat bakteriyalar keltirib chiqaradigan o‘ta xavfli yuqumli kasallik ekanini ta’kidladi. Kasallikning tabiiy o‘choqlari dunyoning ayrim hududlarida mavjud bo‘lib, u asosan mayda sut emizuvchi hayvonlar orasida uchraydi. Insonga esa ko‘p hollarda kasallangan hayvonlar yoki ulardagi burgalar chaqishi orqali yuqishi mumkin.

O‘zbekistonda o‘lat va boshqa o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning chetdan kirib kelishi hamda tarqalishining oldini olish bo‘yicha nazorat tizimi amal qilmoqda.

Xususan, davlat chegaralarini kesib o‘tish joylari — xalqaro aeroportlar, temir yo‘l stansiyalari va avtomobil yo‘llarida 53 ta sanitariya nazorat punkti faoliyat yuritmoqda. Ular orqali xorijdan kirib kelayotgan shaxslar tibbiy kuzatuvdan o‘tkaziladi.

Shuningdek, hududiy sanitariya-epidemiologiya xizmatlarining o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni aniqlashga ixtisoslashgan laboratoriyalari zarur diagnostika vositalari, ozuqa muhitlari, reagent va reaktivlar bilan ta’minlangan.

SSV ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi vaqtda mamlakatda o‘lat kasalligi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.