O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgarib, yomg‘ir va chang-to‘zon kuzatilishi kutilmoqda
3−5-oktabr kunlari O‘zbekistonga sovuq va nam havo kirib keladi. Yomg‘ir yog‘ib, tog‘larda qorga aylanadi, shamol 22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kunduzi +15…+20, shimolda kechasi +2…+7 darajagacha pasayadi. Ayrim joylarda tuman tushishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgarib, yomg‘ir va chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.
3-oktabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4−5-oktabr kunlari esa respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi haqida ogohlantirilmoqda.
Respublika bo‘yicha ob-havo keskin o‘zgarishi kutiladi.
3−4-oktabrda shimol va cho‘l hududlarda, 4−5-oktabrda esa respublikaning qolgan hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, baland tog‘larda esa qorga aylanadi.
Havo harorati asta-sekin kunduz kunlari +15…+20 darajagacha, kechalari +5…+10 darajagacha, shimolda esa kunduz kunlari +12…+17 darajagacha, kechalari +2…+7 daraja iliqqacha pasayadi.
3−4-oktabrda respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi hududlarda esa vaqti-vaqti bilan chang-to‘zonlar bilan birga 20−22 m/s gacha yetishi mumkin.
5−6-oktabrda esa respublikaning ayrim hududlarida tuman tushishi kutilmoqda.

