O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar hajmi 144,7 trln so‘mga yetdi
2026-yilning 8 oyida mamlakatda moliyaviy xizmatlar hajmi bir yilda 22,5 foizga oshdi

O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar hajmi 144,7 trln so‘mga yetdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda 144,7 trln so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan.
Ma’lum qilinishicha, moliyaviy xizmatlar hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 22,5 foizga oshgan.
Xizmatlar tarkibida eng katta ulush sug‘urtalash va pensiya ta’minoti xizmatlaridan tashqari moliyaviy xizmatlarga to‘g‘ri kelgan. Ushbu turdagi moliyaviy xizmatlar umumiy hajmning 85,7 foizini tashkil etgan.
Sug‘urtalash xizmatlarining ulushi 7 foiz bo‘lgan. Yordamchi moliyaviy xizmatlar esa umumiy hajmning 7,3 foizini tashkil qilgan.

