O‘zbekistonda ko‘chmas mulk xizmatlari hajmi 22,3 trln so‘mga yetdi
8 oy mobaynida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmining asosiy qismi Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk xizmatlari hajmi 22,3 trln so‘mga yetdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 22,3 trln so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,8 foizga oshgan.
Hududlar bo‘yicha eng yuqori natija Toshkent shahrida qayd etilgan. Poytaxtda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 14 trln so‘m bo‘lgan.
Toshkent viloyatida 1,7 trln so‘mlik, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarining har birida 1 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.
Andijon viloyatida mazkur xizmatlar hajmi 698,6 mlrd so‘mni, Qashqadaryo viloyatida 568,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Namangan viloyatida 529,1 mlrd so‘m, Buxoro viloyatida 527,7 mlrd so‘mlik xizmatlar qayd etilgan. Surxondaryo viloyatida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 493,7 mlrd so‘m, Xorazm viloyatida 417,4 mlrd so‘m bo‘lgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 390,4 mlrd so‘m, Navoiy viloyatida 360,9 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan. Jizzax viloyatida bu ko‘rsatkich 356,3 mlrd so‘mni, Sirdaryo viloyatida 212 mlrd so‘mni tashkil etgan.

