O‘zbekistonda iyun oyida ishbilarmonlik faolligi 12,8 foizga oshdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil iyun oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 1128 birlikni tashkil etib, may oyiga nisbatan 12,8 foizga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 36 foizga o‘sdi. Indeks o‘sishiga banklararo to‘lovlar sonining ko‘payishi, tovar-xom ashyo birjasidagi faollikning kuchayishi, faoliyat yuritayotgan xo‘jalik...

O‘zbekistonda iyun oyida ishbilarmonlik faolligi 12,8 foizga oshdi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil iyun oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 1128 birlikni tashkil etib, may oyiga nisbatan 12,8 foizga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan esa 36 foizga o‘sdi.

Indeksning o‘sishiga banklararo to‘lovlar sonining ko‘payishi, tovar-xom ashyo birjasidagi faollikning oshishi, faoliyat yuritayotgan xo‘jalik subyektlari sonining ortishi va tovar belgilari ro‘yxatdan o‘tkazilishining ko‘payishi hissa qo‘shdi.

Iyun oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 7,9 milliondan oshib, o‘tgan oyga nisbatan 18,7 foizga o‘sdi. Respublika tovar-xom ashyo birjasida savdo aylanmasi 9,5 trln so‘mga yetib, may oyiga nisbatan 27,7 foizga oshdi. Ayniqsa, omuxta yem, lint, shisha bankalari va benzin savdosi hajmi keskin oshdi.

Ishbilarmonlik faolligi o‘sishi mamlakatning barcha hududlarida kuzatildi. Eng yuqori o‘sish Sirdaryo (51,3 foiz), Surxondaryo (49,1 foiz), Namangan (47,1 foiz) va Xorazm (45 foiz) viloyatlarida qayd etildi.

Hisobot davrida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik subyektlari soni 10,5 mingtaga ko‘payib, 530,3 mingtaga yetdi. Kichik korxonalar soni 435,4 mingtaga, fermer xo‘jaliklari esa 90,3 mingtaga yetdi.

Shuningdek, iyun oyida yuridik shaxslar tomonidan 473 ta tovar belgisi va tovar nomi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 18,5 foizga oshdi.

O‘zbekistonda bugun ham jazirama saqlanib qoladi.

«Tebinbuloq» koni O‘zbekistonda po‘lat ishlab chiqarishni 1 mln tonnaga oshiradi.

Jahon banki O‘zbekistonda xususiy sektorni kengaytirishda 3 ta ustuvor sohani qayd etdi.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.

Instagram profilingiz ochiqmi? Meta sizning rasmlaringizdan foydalanyapti!

Avtomobil sanoatida «aqlli» ekranlar davri tugayaptimi?

Manba: Mirziyoyev Qatardagi ta’ziya marosimida ishtirok etishi mumkin.

Ikki kichik sayyora – asteroidlarga o‘zbekistonlik olimlar nomi berildi.

«Boyo‘g‘li»lar chindan ham xavf ostidami?

Fransiyada ko‘pchilik qo‘rqqan hodisa ro‘y berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya bildirdi.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Maxkamova lavozimini tark etgan – manba.

Toshkentda ayolni qutqarishga uringan Milliy gvardiya harbiysi halok bo‘ldi.

Eron besh davlatdagi AQSh bazalariga hujum qildi: tafsilotlar.

Madaniyat vazirligi rahbariyatida qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Baxtiyor Sheraliyev biologist-ixtiolog / genetik.

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali 2017 yilning 27 dekabrida elektron OAV sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Guvohnoma raqami: 156697. Muassis: «Xabar» gazetasi tahririyati. Tahririyat manzili: 100000, Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Navoiy 30. Mas’ul muharrir Abdug‘ani Abdurahmonov. Elektron manzil: [email protected]. Materiallarimizdan to‘liq yoki qisman foydalanilganda «Foydalan