O‘zbekistonda gidlarga malaka toifasini berish tartibi belgilandi
O‘zbekistonda 1-dekabrdan gidlarga ixtiyoriy asosda havaskor, ixtisoslashgan va professional malaka toifalari beriladi. Toifa kasbiy imtihon natijasiga ko‘ra aniqlanib, 56−70 foiz natija havaskor, 70−85 foiz ixtisoslashgan, 86−100 foiz professional darajaga mos keladi.

O‘zbekistonda gidlarga malaka toifasini berish tartibi belgilandi
4-sentabr kuni “O‘zbekiston Respublikasida ekskursiya xizmatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori bilan gidlarga (gid-tarjimonlarga) malaka toifasini berish tartibi belgilandi.
Qarorga muvofiq, 2026-yil 1-dekabrdan Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutiga gidlarga ularning xohishiga ko‘ra malaka toifasini berish vakolati beriladi.
Gidlarga havaskor, ixtisoslashgan, professional va “oltin fond” malaka toifalari beriladi. Bunda malaka toifasini olish ixtiyoriy hisoblanadi va uning mavjud emasligi gidning qonunchilikda belgilangan malaka sertifikati asosida faoliyat yuritish huquqini cheklamaydi.
Malaka sertifikati cheklanmagan muddatga beriladi. Ammo so‘nggi ikki yil davomida gid sifatida faoliyat yuritmagan shaxs malaka imtihonini qayta topshiradi.
Malaka toifasini berishda talabgorning kasbiy bilimi va amaliy ko‘nikmalari, ekskursiya xizmatlarini tashkil etish va o‘tkazish mahorati, ekskursiya obyektlari bo‘yicha bilim darajasi, turistlar bilan muloqot madaniyati, xorijiy tillarni bilishi hamda kasb etikasiga rioya qilishi inobatga olinadi.
Kasbiy imtihon natijasiga ko‘ra:
Shuningdek, nizomda “oltin fond” gid malaka toifasi ham nazarda tutilgan.

