O‘zbekistonda gaz va neft qazib olish kamaydi
Milliy statistika qo‘mitasi bergan raqamlarga ko‘ra, yirik sanoat korxonalari tomonidan 24,2 mlrd kub metr tabiiy

O‘zbekistonda gaz va neft qazib olish kamaydi
2026-yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda tabiiy gaz hamda neft qazib olish hajmi pasaydi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yirik sanoat korxonalari tomonidan 24,2 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib olingan. 2025-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 28,9 mlrd kub metr bo‘lgan.
Neft ishlab chiqarish ham 434,5 ming tonnadan 425 ming tonnaga tushgan. Gaz kondensati ishlab chiqarish esa 760,5 ming tonnadan 648,3 ming tonnaga kamaygan.
Shu bilan birga, ayrim neft mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oshgani qayd etilgan. Jumladan, avtomobil benzini ishlab chiqarish 775,7 ming tonnadan 811,3 ming tonnaga, dizel yoqilg‘isi esa 786,6 ming tonnadan 834,3 ming tonnaga yetgan.

