Mahalliy

O‘zbekistonda fuqarolardan bir qator hujjatlarning qog‘oz nusxasi talab qilinmaydi

Endi banklar, notarial idoralar, aeroportlar va boshqa xizmatlarda pasport, guvohnoma hamda ayrim hujjatlarning qog‘oz nusxasi

O‘zbekistonda fuqarolardan ayrim hujjatlarning qog‘oz nusxasi so‘ralmaydi

Adliya vazirligi 2026-yil 20-oktyabrda 3958 va 3959-sonlar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan idoraviy hujjatlar asosida 33 ta idoraviy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu fuqarolarga hujjatlarni elektron ko‘rinishda taqdim etish, tegishli tashkilotlarga esa ularni qabul qilish imkonini beradi.

Elektron hujjatlar «my.gov.uz» portali hamda «Ijtimoiy karta» mobil ilovasida joylashadi. Ular orasida biometrik pasport, ID-karta, tug‘ilganlik va nikoh guvohnomalari, pensiya guvohnomasi, nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, urush qatnashchisi va talabalik guvohnomalari bor.

Yangi tartibga ko‘ra, raqamli hujjatlar quyidagi holatlarda taqdim etilishi mumkin:

- Banklarda — bank xizmatlaridan foydalanish va ayrim moliyaviy operatsiyalarda shaxsni tasdiqlash uchun;

- notarial idoralarda — notarial harakatlarni amalga oshirishda;

- aeroportlarda — O‘zbekiston hududidagi aviareyslarga ro‘yxatdan o‘tishda;

- telekommunikatsiya xizmatlarida — abonent bilan xizmat ko‘rsatish shartnomasini tuzishda;

- lombardlarda — shartnoma tuzishda;

- tibbiy-ijtimoiy muassasalarda — pullik xizmatlardan foydalanishda.

Bundan tashqari, elektron hujjatlar urush qatnashchilariga kompensatsiya berishda, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishda donor shaxsini tasdiqlashda, fuqarolarni harbiy ro‘yxatga olishda hamda boshqa bir qator xizmatlarda ham qabul qilinadi.

Elektron hujjatlarni taqdim etish imkoniyati davlat xizmatlarida qog‘oz hujjatlarga ehtiyojni kamaytirishga qaratilgan.

Ma’lumot uchun, 2024-yil 27-dekabrdagi 897-son Hukumat qarori bilan shaxsni tasdiqlovchi va boshqa bir qator hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.