Iqtisodiyot

O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

O‘zbekistonda dollar qiymati yana ko‘tarildi.

Markaziy bankning maʼlumotlariga ko‘ra, 24-avgustdan boshlab xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan quyidagi yangi kurslari belgilandi:

* Dollar kursi 6,39 so‘mga oshib, 11853,55 so‘mni tashkil etdi.

* Yevro kursi 26,43 so‘mga ko‘tarilib, 13869,84 so‘mga yetdi.

* Rubl kursi ham 0,42 so‘mga o‘sib, 141,86 so‘m bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda dollar kursi besh kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarilib, 11847,16 so‘mga yetgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.