O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi

O‘zbekistonda dollar qiymati oshdi.
Markaziy bankning 27-avgustdan kuchga kiradigan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi kursi eʼlon qilindi.
Unga ko‘ra:
* AQSH dollari 45,17 so‘mga qimmatlashib, 11823,69 so‘mni tashkil etdi.
* Yevro kursi 63,31 so‘mga ko‘tarilib, 13797,06 so‘mga yetdi.
* Rossiya rubli ham 0,78 so‘mga oshib, 139,74 so‘m bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dollar kursi 11800 so‘mdan pastlab, 11778,52 so‘mga tushgan edi.

