O‘zbekistonda dollar kursi 5 kunlik tushishdan so‘ng ko‘tarildi

O‘zbekistonda dollar qiymati 5 kunlik pasayishdan keyin yana ko‘tarildi.
Markaziy bankning 19-avgustdan kuchga kiradigan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi kurslariga ko‘ra:
* Dollar 52,28 so‘mga oshib, 11847,16 so‘mni tashkil etdi.
* Yevro 157,81 so‘mga ko‘tarilib, 13843,41 so‘mga yetdi.
* Rubl ham 2,77 so‘mga qimmatlashib, 141,44 so‘m bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda dollar kursi 11800 so‘mdan pastlab, 11794,88 so‘mga tushgan edi.

