Mahalliy

O‘zbekistonda doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha boshpana bilan ta’minlash tartibi belgilandi

O‘zbekistonda doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha boshpana bilan ta’minlash tartibi belgilandi. Bu hukumatning 18-avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentda nazarda tutilgan.

Unga ko‘ra, bunday shaxslar Vaqtincha boshpana va ijtimoiy moslashuv markazlariga joylashtiriladi. Markazlarga fuqarolarning o‘zi murojaat qilishi, mahalla, ichki ishlar organlari yoki boshqa vakolatli tashkilotlar tomonidan aniqlangan shaxslar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etilishi mumkin.

Markazlarda shaxslarga vaqtincha boshpana va maishiy sharoit yaratish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, zarur hollarda davolanishga yo‘naltirish, pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni rasmiylashtirishga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, pasport yoki ID-karta kabi hujjatlarni tiklash, qarindoshlarini aniqlash, ishga joylashish va ayrim hollarda uy-joy masalasini hal etishga ko‘mak berish ham nazarda tutiladi.

Shaxslar markazga joylashtirilgach, ularning ma’lumotlari tegishli axborot tizimlariga kiritiladi. Ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan shaxsning holati o‘rganilib, zarur yordam choralarini o‘z ichiga olgan individual ijtimoiy moslashuv rejasi ishlab chiqiladi.

Qarorda markazda qolish muddatlari ham belgilangan. Dastlab shaxs 20 kungacha muddatga joylashtirilishi mumkin. Zaruratga qarab, qonunchilikda belgilangan tartibda uning markazda qolish muddati uzaytiriladi.

Shuningdek, shaxslarni ijtimoiy moslashtirish jarayonini monitoring qilish, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish va mas’ul xodimlarning javobgarligini belgilash mexanizmlari joriy etiladi.

Mazkur tartib muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni aniqlashdan boshlab, ularni vaqtincha joylashtirish, zarur ijtimoiy va tibbiy yordam ko‘rsatish hamda mustaqil hayotga qaytishiga ko‘maklashish jarayonlarini yagona tizim asosida tashkil etishga qaratilgan.

3-avgust kuni prezident muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan hamda odam savdosidan jabrlangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishgandi. Majlisda respublika bo‘yicha 726 o‘ringa mo‘ljallangan 11 ta reabilitatsiya markazi faoliyat yuritayotgani qayd etilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.