Mahalliy

O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish qariyb 5 foizga oshdi

Shuningdek, dizel, neft, gaz kondensati, tabiiy gaz va ko‘mir ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari ham ma’lum qilindi

O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish qariyb 5 foizga ko‘paydi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda 811,3 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 4,6 foizga yuqori.

Mazkur davrda dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish 834,3 ming tonnani, neft ishlab chiqarish 425 ming tonnani tashkil etgan. Gaz kondensati ishlab chiqarish hajmi esa 648,3 ming tonna bo‘lgan.

Shuningdek, yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda 24,2 mlrd kub metr tabiiy gaz hamda 4,4 mln tonna ko‘mir ishlab chiqarilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.