Mahalliy

O‘zbekistonda ayrim ijodkorlarga har oy 5 mln so‘m gonorar to‘lash taklif etilmoqda

Bu haqda «Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi

O‘zbekistonda ayrim ijodkorlarga har oy 5 mln so‘m gonorar to‘lash taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda yuqori natijalarga erishgan ijodkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularga har oy 5 million so‘m gonorar to‘lash hamda transportdan bepul foydalanish imkoniyatini berish taklif etilmoqda.

Bu haqda «Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasida so‘z boradi.

Loyihaga muvofiq, 2027-yildan boshlab ijodiy birlashmalarning yillik hisoboti shaklida Milliy ijodkorlar quriltoyini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Qurultoyda yil davomida yuqori ijodiy natijalarga erishgan ijodkorlarni Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagi tartibda rag‘batlantirish taklif etilmoqda:

Qonun loyihasi ijodkorlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish hamda madaniyat va san’at sohasidagi ijodiy salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan.

Ta’kidlash joiz, mazkur imtiyozlar hozircha qonun loyihasida nazarda tutilgan bo‘lib, ularning amalga kirishi hujjatning qabul qilinishiga bog‘liq.

Ma’lumot uchun, qonunchilikda kasbiy yoki nokasbiy asosda (havaskorlik asosida) madaniy faoliyatning bir yoxud bir necha yo‘nalishi bo‘yicha ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxsga – ijodkor shaxs deyiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.