O‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 71,4 trln so‘mga yetdi
Mamlakatda mazkur xizmatlarning yillik o‘sishi 21,2 foizni tashkil qildi

O‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 71,4 trln so‘mga yetdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil yanvar–avgust oylarida mamlakat bo‘ylab 71,4 trln so‘mlik aloqa va axborotlashtirish xizmatlari ko‘rsatildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21,2 foizga yuqori.
Hududlar kesimida Toshkent shahri yaqqol yetakchilik qilmoqda. Poytaxtda ushbu xizmatlar hajmi 53,6 trln so‘mni tashkil etgan. Bu esa mamlakat bo‘yicha umumiy hajmning qariyb 75 foiziga teng.
Farg‘ona viloyatida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 2,4 trln so‘m bo‘lgan. Samarqand va Toshkent viloyatlarining har birida bu ko‘rsatkich 2,3 trln so‘mga yetgan.
Andijon viloyatida 1,6 trln so‘mlik, Qashqadaryo viloyatida 1,4 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan. Namangan va Xorazm viloyatlarida hajm 1,2 trln so‘mdan qayd etilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Surxondaryo viloyatlarining har birida xizmatlar hajmi 1,1 trln so‘mni tashkil qilgan.
Jizzax viloyatida 897,4 mlrd so‘mlik, Navoiy viloyatida 732,5 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan. Sirdaryo viloyatida bu ko‘rsatkich 459,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.

