Mahalliy

O‘zbekistonda Afg‘oniston hamkorligida yangi xalqaro aviakompaniya tashkil etilishi mumkin

O‘zbekistonda Afg‘oniston bilan hamkorlikda yangi xalqaro aviakompaniya tuzilishi mumkin

Farg‘onada yangi xalqaro aviakompaniya tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, 4-sentyabr kuni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Afg‘onistonning Kam Air kompaniyasi rahbari Omar Mohammad Sulaymon boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan. Uchrashuvda Uzbekistan Airports AJ tijoriy faoliyat departamenti boshlig‘i Timur Xalilov ham qatnashgan.

26–27-iyul kunlari Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Afg‘onistonga safari doirasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish bo‘yicha bir qator uchrashuvlar o‘tkazilgan edi. Muloqotda ana shu tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, aviasozlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Xususan, Farg‘onada yangi xalqaro aviakompaniya tashkil etish tashabbusi yuzasidan fikr almashildi. Loyihani amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar, zarur infratuzilma va xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish jarayonlari muhokama qilindi.

Tegishli tashkilotlar va mutaxassislar ishtirokida loyihani amaliy bosqichga olib chiqish, xalqaro standartlar asosida ishlarni tashkillash chora-tadbirlariga e’tibor qaratildi. Uchrashuv davomida istiqboldagi masalalar kelishib olindi.

Farg‘ona viloyati hokimi 15-avgustda Kam Air aviakompaniyasi raisi Zamaray Kamgar va Afg‘onistonning Spinzar Kunduz davlat korporatsiyasi rahbari Abdul Hafiz Faryodni qabul qilgandi. Uchrashuvda hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish, yangi qo‘shma investitsiya loyihalarini ishga tushirish masalalari muhokama qilingandi.

Kam Air – Afg‘onistonning yirik xususiy aviakompaniyalaridan biri. Kompaniya 2003-yilda tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatning ilk xususiy tijorat aviakompaniyasi hisoblanadi. Ushbu aviakompaniya Kobul—Toshkent yo‘nalishida ham parvoz qiladi. Kompaniya 2026-yil 2-iyuldan boshlab ushbu yo‘nalishdagi reyslar sonini haftasiga uch martagacha oshirganini ma’lum qilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.