O‘zbekistonda 7 oyda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi qariyb 150 trln so‘mga yetdi

O‘zbekistonda 7 oyda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi qariyb 150 trln so‘mga yetdi
2026-yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 149,7 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 15 foizga oshgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida xizmatlar hajmi eng yuqori Toshkent shahrida qayd etilgan — 25,9 trln so‘m. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati — 17,7 trln so‘m, Namangan viloyati — 15,7 trln so‘m va Farg‘ona viloyati — 14,6 trln so‘m joy olgan.
Qashqadaryoda ushbu xizmatlar hajmi 13 trln so‘m, Toshkent viloyatida 10,8 trln so‘m, Andijonda 9,9 trln so‘m, Xorazmda 8,3 trln so‘mni tashkil etgan.
Qoraqalpog‘istonda 7,9 trln so‘m, Buxoroda 7,5 trln so‘m, Surxondaryoda 6,3 trln so‘m, Navoiyda 4,8 trln so‘m, Jizzaxda 4,3 trln so‘m va Sirdaryoda 2,9 trln so‘mlik yashash va ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatilgan.
2025-yilda O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 227 trillion so‘mga yetgani haqida xabar berilgandi. O‘sha davrda xizmatlar hajmi eng yuqori hudud 38,7 trln so‘m bilan Toshkent shahrida qayd etilgan.
Shundan keyingi o‘rinlarda 26 trln so‘mlik xizmat ko‘rsatilgan Samarqand, 23,6 trln so‘m bilan Namangan hamda yashash va ovqatlanish uchun 22,8 trln so‘m sarflangan Farg‘ona viloyati qayd etilgan.

