Mahalliy

O‘zbekistonda 456,7 mingta tijorat tashkiloti bor: 80,2 foizi MChJ

Tijorat tashkilotlarining 80,2 foizini mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tashkil etdi. Qolgan qismi boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga to‘g‘ri

O‘zbekistonda 456,7 mingta tijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda: 80,2 foizi MChJ

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabr holatiga O‘zbekistonda 456,7 mingta tijorat tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shulardan 366 051 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar bo‘lib, jami tijorat tashkilotlarining 80,2 foizini tashkil etgan.

Xususiy korxonalar soni 48 112 tani tashkil etgan, ularning ulushi 10,5 foizga teng. Oilaviy korxonalar esa 38 101 ta bo‘lib, jami tijorat tashkilotlarining 8,3 foizini tashkil qilgan.

Demak, MChJ, xususiy va oilaviy korxonalar ulushi jami 99 foizga teng bo‘lgan.

Aksiyadorlik jamiyatlari soni 648 ta bo‘lib, ularning jami tijorat tashkilotlari tarkibidagi ulushi 0,1 foizni tashkil etgan. Boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi tijorat tashkilotlari esa 3 740 ta bo‘lib, ulushi 0,8 foizga teng.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.