Mahalliy

O‘zbekistonda 2050-yilga borib tug‘ilishlar soni 1,2 milliondan oshishi prognoz qilindi

O‘zbekistonda 2050-yilga kelib tug‘ilishlar soni 1,2 milliondan oshishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan e’lon qilingan mamlakatdagi tug‘ilish ko‘rsatkichlarining uzoq muddatli prognozida ma’lum qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni kelgusi yillarda barqaror o‘sishda davom etadi.

Prognozlarga ko‘ra, chaqaloqlar dunyoga kelishi quyidagi ko‘rsatkichlarga yetadi:

* 2030-yilda — 892,7 ming nafar;

* 2040-yilda — 1 million 16,1 ming nafar;

* 2050-yilda — 1 million 234,1 ming nafar.

Shu tariqa, 2050-yilga borib tug‘ilish ko‘rsatkichi 2025-yilga nisbatan 354,5 ming kishiga yoki 40,3 foizga ko‘payishi kutilmoqda.

Hududlar kesimida o‘sish sur’atlari eng yuqori bo‘ladigan hududlar qatorida Toshkent viloyati (62 foiz) va Toshkent shahri (61 foiz) yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda Andijon (48,6 foiz), Samarqand (43,3 foiz) hamda Namangan (42,4 foiz) viloyatlari qayd etilgan.

Tug‘ilishning umumiy koeffitsiyenti o‘rta muddatda biroz pasayib, keyin yana barqaror o‘sishi aytilmoqda. Xususan, 2030-yilda 21,2 promille bo‘lishi kutilayotgan ko‘rsatkich 2050-yilga borib 21,9 promilleni tashkil etadi. Hududlar bo‘yicha eng yuqori koeffitsiyent Surxondaryo (24,7) va Qashqadaryo (23,8) viloyatlarida kuzatilishi ehtimoli yuqori.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur demografik o‘sish kelgusida ta’lim, sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim, uy-joy, ijtimoiy xizmatlar va mehnat bozori infratuzilmasiga bo‘lgan ehtiyojni keskin oshiradi. Ushbu o‘zgarishlarni oldindan baholash orqali davlat resurslarini samarali taqsimlash va inson kapitaliga investitsiyalarni strategik rejalashtirish imkoniyati yaratiladi.

Avvalroq 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 373 389 ta tirik tug‘ilish qayd etilgani xabar qilingandi. 2025-yil davomida esa mamlakatda 879 599 ta tirik tug‘ilish ro‘yxatga olingan. Yil davomida 60 yoshdan oshgan 638 nafar erkak ota bo‘lgan, ularning 48 nafari 70 yoshdan oshganida farzandli bo‘lgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.