Mahalliy

O‘zbekistonda 2029-yildan yangi guvohnomasi bo‘lmagan mashinistlarga harakatdagi tarkibni boshqarish taqiqlanadi

O‘zbekistonda 2029-yildan boshlab yangi guvohnomasi bo‘lmagan mashinistlarga harakatdagi tarkibni boshqarish taqiqlanadi.

Mamlakatda temiryo‘l transporti va metropolitenda tortish harakatdagi tarkibini boshqarish huquqini berishning yangi tartibi belgilandi. Vazirlar Mahkamasining 17-sentyabrdagi qarori bilan ushbu davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Hujjat 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Yangi tartib lokomotiv, motorvagonli harakatdagi tarkib, jumladan yuqori tezlikdagi poyezdlar, maxsus harakatdagi tarkib va metropoliten poyezdlarini boshqarish huquqini olishni istagan nomzodlarga tatbiq etiladi.

Davlat xizmati Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan ko‘rsatiladi.

Guvohnoma olish uchun nomzod 18 yoshga to‘lgan bo‘lishi, transport sohasida tegishli kasbiy yoki oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, u tortish harakatdagi tarkibini boshqarish bo‘yicha amaliyot o‘taganini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi va tibbiy ko‘rikdan o‘tishi talab etiladi.

Nomzodlarning nazariy bilimlari test orqali baholanadi. Sinov 100 ta savoldan iborat bo‘lib, uni bajarish uchun 50 daqiqa vaqt beriladi. Kamida 80 ball to‘plagan nomzod testdan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi.

Reglamentda guvohnoma berish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish, dublikat berish, amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish tartibi ham belgilangan.

Amaldagi temiryo‘l va metro mashinistlari 2029-yil 1-yanvarga qadar yangi namunadagi guvohnomani olishi shart. Shu sanadan boshlab yangi guvohnomani olmagan mashinistlarga tortish harakatdagi tarkibini boshqarish taqiqlanadi.

Guvohnoma olish uchun bilimlarni sinovdan o‘tkazish Transport vazirligi huzuridagi Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida amalga oshiriladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.