O‘zbekistonda 2026-yilgi paxta yig‘im-terimi bo‘yicha axborot berildi
22-oktyabr holatiga mamlakat bo‘yicha 4 million 630 ming tonna paxta yig‘ib olingan. Yig‘ib olingan hosilning

O‘zbekistonda 2026-yilgi paxta yig‘im-terimi bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘zbekistonda 2026-yilgi paxta yig‘im-terimi bo‘yicha belgilangan reja 103 foizga bajarildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 22 oktyabr holatiga mamlakat bo‘ylab 4 million 630 ming tonna paxta yig‘ib olingan. Yig‘ib olingan hosilning 3 million 515 ming 597 tonnasi qariyb 3 mingta zamonaviy paxta terish mashinasi yordamida terilgan. Mamlakat bo‘yicha mexanizatsiyalashgan terim ulushi o‘rtacha 76 foizga yetgan.
Hududlar kesimida eng yuqori natija Jizzax viloyatida qayd etilgan. Bu yerda hosilning 98,5 foizi texnikalar yordamida yig‘ilgan. Sirdaryoda bu ko‘rsatkich 94,2 foizni, Toshkent viloyatida esa 81,2 foizni tashkil qilgan.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi paxta yig‘im-terimi hali yakunlanmaganini ma’lum qildi. Hozirda 49 ming gektardan ortiq maydonda birinchi terim ishlari davom etmoqda.

