Dunyo

O‘zbekiston Vanuatu bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

O‘zbekiston Tinch okeanining janubi-g‘arbidagi orol mamlakat Vanuatu bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Qo‘shma kommyunike mamlakatlarning BMT huzuridagi doimiy vakillari tomonidan imzolandi.

O‘zbekiston va Vanuatu diplomatik aloqalar o‘rnatdi

Nyu York shahrida O‘zbekiston va Vanuatu o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish haqidagi qo‘shma kommyunike imzolandi, deb xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi.

Ikki davlat hukumatlari nomidan ushbu hujjatga O‘zbekistonning BMT huzuridagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov hamda Vanuatuning BMT huzuridagi missiyasi rahbari Odo Tevi imzo chekdi.

Suhbat chog‘ida mamlakatlar o‘rtasida xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashtirilgan muassasalari doirasida yaqin hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligi qayd etildi.

Vanuatu — Tinch okeanining janubi-g‘arbiy qismida, Melaneziya mintaqasida joylashgan orol-davlat. Aholisi qariyb 350 ming kishini tashkil etadi. Iqtisodiyotining asosini qishloq xo‘jaligi (kopra, kakao, kofe), baliqchilik va turizm tashkil qiladi. Bundan tashqari, ofshor moliyaviy xizmatlar hamda investitsiya evaziga fuqarolik berish dasturlari ham mamlakat budjetiga daromad keltiradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.