Dunyo

O‘zbekiston va YeXHT o‘rtasida qo‘shma «yo‘l xaritasi» qabul qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti

O‘zbekiston va YeXHT o‘rtasida qo‘shma «yo‘l xaritasi» qabul qilinadi

Uchrashuv chog‘ida YeXHT hamda uning Parlament assambleyasi bilan hamkorlikni, shu jumladan parlamentlararo muloqotni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Mazkur nufuzli tuzilma bilan aloqalardagi ijobiy sur’at mamnuniyat bilan qayd etildi. YeXHT Parlament assambleyasida O‘zbekistonning doimiy delegatsiyasi faoliyat olib bormoqda, assambleya vakillari esa mamlakatimizdagi saylovlarni kuzatish jarayonlarida muntazam qatnashib kelmoqda.

Ekologiya, migratsiya va transport yo‘nalishlarida konstruktiv muloqot yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston vakili assambleyaning Migratsiya bo‘yicha maxsus qo‘mitasi tarkibiga kiritilgan.

Xalqaro masalalar, jumladan, Markaziy Osiyoda mintaqaviy sheriklikni rivojlantirish borasida ham fikr almashildi.

Amaliy hamkorlikni kengaytirish maqsadida yangi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab beradigan qo‘shma «yo‘l xaritasi»ni qabul qilishga kelishib olindi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.