O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida «Mamay» o‘tkazish punkti ochilishi mumkin
Mazkur o‘tkazish punkti 2020 yilda yopilgan edi. Qirg‘iziston Jo‘g‘org‘i Kenesh deputatlari so‘nggi bir necha yil

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida «Mamay» nazorat-o‘tkazish punkti ochilishi ehtimoli mavjud. Bu haqda 24.kg nashri ma’lumot berdi.
Qirg‘iziston prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha vakili Bakit Torobayev Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida joylashgan «Mamay» xalqaro o‘tkazish punkti loyihasining amalga oshirilishi jarayonini ko‘zdan kechirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu postni ochish hamda Kerben — Mamay avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Torobayevning ta’kidlashicha, «o‘tkazish punkti ishga tushirilgach, mahalliy aholi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni qo‘shni mamlakatga eksport qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu turizm rivojiga ham turtki beradi. Xususan, Padisho-Ota, Sari-Chelek va Qora-Qamish kabi go‘zal maskanlarga sayyohlar oqimi ko‘payishi kutilmoqda. Mahalliy aholining iqtisodiy faolligi oshadi».
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston–O‘zbekiston chegarasidagi «Mamay» o‘tkazish punkti 2020-yilda yopilgan edi. Qirg‘iziston Jo‘g‘org‘i Kenesh deputatlari so‘nggi bir necha yil davomida ushbu chegara postining faoliyatini qayta tiklashga chaqirib kelishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil iyul oyida Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘tkazish punktlari sonini 15 tadan 30 taga yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

