Iqtisodiyot

O‘zbekiston va Pokiston o‘zaro savdo hajmini 2 mlrd dollarga yetkazish masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston va Pokiston o‘zaro savdo hajmini 2 mlrd dollarga yetkazish masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston va Pokiston o‘zaro savdo hajmini 2 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha belgilangan vazifani amalga oshirish mexanizmlarini ko‘rib chiqdi.

O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bilol Haye bilan uchrashdi. Muzokaralarda siyosiy muloqotni faollashtirish, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Bilol Hayening ta’kidlashicha, ikki davlat munosabatlarida barqaror siyosiy muloqot va ishonchli aloqalar shakllangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, savdo-iqtisodiy, transport, turizm va hududlararo hamkorlik yo‘nalishlarida ijobiy dinamika kuzatilmoqda.

“Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilgan natijalardan yaxshi xabardorman. Toshkent mintaqada Islomobodning asosiy hamkorlaridan biri hisoblanadi”, dedi Pokiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.

U Islomobodda Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilayotgan “Bobur bog‘i”ni ikki xalqning umumiy tarixi va do‘stligi ramzi sifatida baholadi.

Tomonlar savdo hajmini 2 milliard dollarga yetkazish uchun transport-logistika cheklovlarini bartaraf etish va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish zarurligini qayd etdi.

Uchrashuvda hududlararo hamkorlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Pokiston tomoni Toshkent va Navoiy viloyatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston rahbarlarining joriy yildagi tashriflarini ijobiy baholadi.

Shuningdek, fuqarolarning o‘zaro qatnovini kengaytirish masalasi ham muhokama qilindi. Hozirda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar soni sakkiztaga yetgani, reyslarni yanada ko‘paytirish sayyohlar va tadbirkorlarning safarlarini yengillashtirishi ta’kidlandi.

Yakunda tomonlar diplomatik muloqotni davom ettirish va mavjud hamkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni muhokama qilishga kelishib oldi.

Bunga Afg‘oniston orqali o‘tadigan savdo yo‘laklarining yopilgani hamda Eron va AQSH o‘rtasidagi jangovar harakatlarning qayta avj olgani sabab bo‘lgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.