Mahalliy

O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida E-permit tizimi joriy etildi

Gruziya bilan “ikki tomonlama”, “tranzit” hamda “uchinchi davlatga/dan” turdagi ruxsatnoma blankalari milliy tashuvchilarga ularning arizalari asosida faqat elektron shaklda beriladi.

O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida E-permit tizimi ishga tushirildi.

O‘zbekiston Transport vazirligi Gruziya bilan hamkorlikda xalqaro avtomobil yuk tashishlarida elektron ruxsatnoma (E-permit) tizimini joriy qildi.

Endilikda Gruziya bilan "ikki tomonlama", "tranzit" va "uchinchi davlatga/dan" turdagi ruxsatnoma blankalari taqsimlanadigan blankalar ro‘yxatidan chiqarildi. Ushbu turdagi ruxsatnomalar milliy tashuvchilarga ularning arizalari asosida faqat elektron shaklda (E-permit) beriladi.

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, "Ushbu tizimning joriy etilishi ruxsatnomalarni olish jarayonini tezlashtirish, qog‘oz blankalardan foydalanishni kamaytirish, inson omilini minimallashtirish hamda xalqaro yuk tashishlarni amalga oshirishda milliy tashuvchilar uchun yanada qulay va shaffof mexanizm yaratishga xizmat qiladi".

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.