Mahalliy

O‘zbekiston va Bahrayn to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni muhokama qilmoqda

O‘zbekiston va Bahrayn Toshkent va Manama o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Tomonlar turistik statistika almashinuvini faollashtirish, o‘zaro info va press-turlarni rivojlantirishga ham kelishib oldi. 2025-yilda O‘zbekistonga Bahrayndan 551 nafar sayyoh kelgan.

O‘zbekiston va Bahrayn to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilmoqda

O‘zbekiston va Bahrayn Toshkent hamda Manama shaharlari o‘rtasida bevosita aviaqatnovlarni tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqdi. Bu masala O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulovning BAAda Bahrayn turizm vaziri Fotima Al-Sayrafiy bilan uchrashuvida muhokama qilingan, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.

Tomonlar, shuningdek, o‘zaro sayyohlar oqimini ko‘paytirish va ikki davlat turizm sohasi vakillari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlash masalalarini ham ko‘rib chiqdi.

O‘zbekiston va Bahrayn marketing tadqiqotlari natijalari, turistik statistika hamda bozordagi asosiy tendensiyalar yuzasidan muntazam axborot almashishni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.

Bundan tashqari, turizm sohasi va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘zaro info va press-turlarni davom ettirish rejalashtirilmoqda.

Bahrayn tomoni “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida qatnashishga taklif etildi. Yarmarka 25−27-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Bahrayndan O‘zbekistonga sayyohlar oqimi ortib bormoqda. 2023-yilda mamlakatga turistik maqsadda 192 nafar, 2024-yilda — 291 nafar, 2025-yilda esa — 551 nafar Bahrayn fuqarosi tashrif buyurgan. Ikki yil ichida bu ko‘rsatkich qariyb uch baravarga oshgan. 2025-yilda Bahraynga 9 nafar o‘zbekistonlik sayyoh borgan.

O‘zbekiston 2025-yil iyun oyidan Bahrayn, Kuvayt va O‘mon fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.