Mahalliy

O‘zbekiston va Avstriya tibbiy texnologiyalar bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston va Avstriya tibbiy texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi diplomatlari Technopol Krems texnologik markazi hamda Cells+Tissuebank Austria vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda tibbiy texnologiyalar, regenerativ tibbiyot va to‘qima banklarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Technopol Krems tadqiqot va ta’lim muassasalari, universitetlar hamda biznes vakillarini birlashtiruvchi texnologik markaz bo‘lib, regenerativ tibbiyot, onkologiya, diagnostika va tibbiy texnologiyalar yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi. Cells+Tissuebank Austria esa tibbiyotda foydalanish uchun allogen to‘qimalarni yig‘ish, qayta ishlash va taqdim etish, jumladan, tayanch-harakat tizimi va inson suyak to‘qimalari bilan ishlashga ixtisoslashgan.

Tomonlar mutaxassislar uchun amaliyot va malaka oshirish dasturlarini tashkil etish, ekspertlar almashinuvi, qo‘shma seminar va tadqiqotlar o‘tkazish, shuningdek, sifat boshqaruvi va GMP standartlari bo‘yicha Avstriya tajribasini o‘rganish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida to‘qima banklarini rivojlantirish, biologik materiallarni qayta ishlash va saqlashning zamonaviy usullarini joriy etish, tibbiy buyumlar, diagnostika va boshqa zamonaviy tibbiy texnologiyalar bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish qayd etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari hamda Tashkent Pharma Park salohiyatli hamkorlar sifatida tilga olindi.

Tomonlar tegishli tashkilotlar o‘rtasidagi aloqalarni davom ettirish va to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi. Aniq qo‘shma loyihalarni tayyorlash uchun keyingi bosqichda texnik maslahatlashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.