O‘zbekiston va Armaniston sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha yangi loyihalarni ishlab chiqadi

O‘zbekiston va Armaniston sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha yangi loyihalarni ishlab chiqadi
11-sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali suhbatlashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston—Armaniston munosabatlarini, avvalo, savdo-iqtisodiyot va investitsiya yo‘nalishlarida yanada rivojlantirishning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Shu nuqtai nazardan, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish zarurligi alohida ta’kidlandi.
O‘zbekiston rahbari Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mintaqalarini bog‘lovchi logistika va transport yo‘laklarini rivojlantirish orqali o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash muhimligini qayd etdi.
Prezident mintaqaviy barqarorlik va izchil taraqqiyot uchun mustahkam asos bo‘ladigan Tinchlik shartnomasini tez fursatda imzolash borasidagi sa’y-harakatlarni yuksak baholadi.
Shuningdek, ikki va ko‘p tomonlama, jumladan, Birlashgan millatlar tashkiloti va Mustaqil davlatlar damdo‘stligi doirasidagi tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

