O'zbekiston temir yo'l tarmog'ining uzunligi 4700 km ga yetdi
2026 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar uzunligi 4,7 ming kmga yetgan.

O‘zbekiston temir yo‘llarining umumiy uzunligi 4700 kilometrga yetdi.
Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda jami foydalanishdagi temir yo‘llar tarmog‘ining uzunligi 4,7 ming kilometrni tashkil etgan.
Qiyosiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, 2000-yilda bu ko‘rsatkich 3,5 ming kilometrga teng bo‘lgan.
Demak, 2000-yildan 2026-yilgacha bo‘lgan davr mobaynida temir yo‘l tarmog‘ining uzunligi 1,2 ming kilometrga, ya’ni qariyb 34,3 foizga o‘sgan.

