O‘zbekiston shaxmat olimpiadasida yakkapeshqadamga aylandi
Barchasi Nodirbek Yakubbayev hamda Nihol Sarin o‘rtasidagi jangda hal bo‘ldi

O‘zbekiston shaxmat olimpiadasida peshqadamlikni qo‘lga oldi
O‘zbekiston terma jamoasi Hindistonni mag‘lub etib, Shaxmat olimpiadasida yakkapeshqadamga aylandi.
Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov hamda Shamsiddin Vohidov o‘z partiyalarini durang bilan yakunladi.
Hammasi Nodirbek Yakubbayev va Nihol Sarin o‘rtasidagi bahsda hal bo‘ldi. Qiyin ahvolga tushib qolgan Nodirbek raqibiga tuzoq qo‘yib, g‘alabani qo‘lga kiritdi.

