Sport

O‘zbekiston shaxmat olimpiadasida AQShni mag‘lub etdi

Endi O‘zbekiston asosiy jamoasi 9 turdan keyin 16 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamligini davom ettirmoqda

O‘zbekiston shaxmat olimpiadasida AQShni yengdi

Samarqandda davom etayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 9-turida O‘zbekiston g‘alabaga erishdi.

O‘zbekiston erkaklar asosiy jamoasi turnir favoritlaridan biri sanalgan AQSh ustidan zafar quchdi.

Avval 4-doskada yurish qilgan Muhiddin Madaminov kuchli raqib Levon Aroyan bilan durang qayd etdi (u o‘tgan turda mag‘lub bo‘lgan Shamsiddin Vohidov o‘rniga tushgandi).

Shundan so‘ng Nodirbek Abdusattorov jahon reytingida uchinchi o‘rinda borayotgan Fabiano Kuruanani taslim bo‘lishga majbur qildi.

Biroq Javohir Sindarov yana bir mashhur shaxmatchi Uesli So bilan bahsda og‘ir vaziyatga tushib qoldi va oxir-oqibat undan chiqib keta olmadi, natijada umumiy hisob tenglashdi: 1,5-1,5.

Keyin o‘zbekistonlik shaxmat muxlislari butun e’tiborini Nodirbek Yoqubboyevning o‘yiniga qaratishdi. O‘tgan turda mag‘lub bo‘lgan bu shaxmatchi bu safar ishonchni oqladi va Hans Nimannga qarshi kechgan nihoyatda murakkab uchrashuvda g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira oldi. Yakuniy hisob esa 2,5-1,5 ko‘rinishini oldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston asosiy jamoasi 9 turdan so‘ng 16 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. Avvalgi turda O‘zbekiston Germaniyaga yutqazgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.