Siyosat

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi o‘tkazish punktlari ko‘paytiriladi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning ta’kidlashicha, o‘tkazish punktlari tarmog‘ining kengaytirilishi fuqarolarning harakatlanishini yengillashtiradi va ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara o‘tkazish punktlari soni ikki barobarga oshiriladi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ma’lum qildi.

Japarovning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi 15 ta o‘tkazish punkti 30 taga yetkaziladi. Bu chora fuqarolarning ikki davlat o‘rtasida harakatlanishini sezilarli darajada osonlashtiradi va hamkorlikni mustahkamlaydi.

"O‘tkazish punktlari sonini 15 tadan 30 taga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Endi odamlar bir-birlarinikiga erkin borishi, ish yuritishi, o‘qishi va dam olishi mumkin", — dedi Sadir Japarov.

Prezidentning ta’kidlashicha, O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlari o‘z tarixidagi eng yaxshi davrlardan birini boshdan kechirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sadir Japarov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni I darajali "Manas" ordeni bilan taqdirlagan edi. "Manas" ordeni Qirg‘iz Respublikasining oliy davlat mukofotlaridan biri bo‘lib, davlatchilikni va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.