O‘zbekiston: oq-qora tarixdan taraqqiyotning yangi ranglari sari
Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi direktori o‘rinbosari, siyosiy fanlar doktori (PhD) A.Yusupovning maqolasi rus va

O‘zbekistonning davlat mustaqilligining 35 yilligi yaqinlashar ekan, "Komsomolskaya pravda" nashrida Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi direktor o‘rinbosari, siyosiy fanlar doktori (PhD) A. Yusupovning "Uzbekistan: ot cherno-beloy istorii k novoy palitre razvitiya" ("O‘zbekiston: oq-qora tarixdan taraqqiyotning yangi ranglari sari") nomli tahliliy maqolasi chop etildi. Ushbu maqolada O‘zbekistonning 35 yillik mustaqillik davridagi yo‘li, mamlakatda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar va taraqqiyotning yangi bosqichi haqida so‘z boradi.
Maqolada ta’kidlanishicha, sobiq Ittifoq davrida O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy modeli "oq-qora" tusda, ya’ni qat’iy markazlashgan va yopiq edi. Sobiq tizimning ikki asosiy "rangi" ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruvi va xomashyoga qaramlikdan iborat bo‘lgan. Mamlakat asosan paxta, oltin va gaz eksporti bilan bog‘liq holda tasavvur qilingan.
"Oq-qora" tarixdan yangi bosqichga o‘tish – bu hayotning bir xil tusdagi holatidan ranglar va imkoniyatlar xilma-xilligi sari o‘tishini anglatuvchi paradigma almashinuvidir. Muallifning fikricha, "mustaqillik avlodi" mamlakat tasviri va manzarasini tubdan o‘zgartirmoqda. Bu avlod uchun mustaqillik – o‘tgan asrdagi siyosiy burilish haqidagi xotira emas. Bu avlod sovet davri tajribasi va dunyoqarashi ta’sirida shakllanmagan.
A. Yusupovning ushbu maqolasi Germaniyaning "Ostdeutsche Allgemeine" nashrida "Vom starren Zentralismus der Vergangenheit hin zu Offenheit und Diversifikation" ("O‘tmishning qat’iy markazlashuvidan ochiqlik va diversifikatsiya sari") sarlavhasi ostida ham e’lon qilindi.
Mazkur maqolalarning rus va nemis tillarida chop etilishi mamlakatimizning mustaqillik yillarida bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li, amalga oshirilgan tub islohotlar mazmun-mohiyatini xalqaro hamjamiyat va ekspert-tahliliy doiralarga yetkazishda muhim ahamiyatga ega.

