Mahalliy

O‘zbekiston oliygohlarida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston fuqarolariga 70 ta grant ajratildi

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston fuqarolari uchun jami 70 ta grant ajratildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026/27-o‘quv yilida ushbu davlatlar fuqarolari uchun grant o‘rinlari quyidagicha taqsimlangan:

* Qozog‘iston — 20 ta;

* Qirg‘iziston — 20 ta;

* Tojikiston — 20 ta;

* Mo‘g‘uliston — 10 ta.

Xususan, qirg‘izistonlik abituriyentlar bakalavriatning quyidagi yo‘nalishlarida o‘qishlari mumkin:

* Maktabgacha ta’lim — 4 ta o‘rin;

* Kompyuter injiniringi — 4 ta o‘rin;

* Agronomiya — 4 ta o‘rin;

* Suv xo‘jaligi va melioratsiya — 2 ta o‘rin;

* Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi — 2 ta o‘rin;

* Qurilish injiniringi — 4 ta o‘rin.

“Kabar” nashrining xabar berishicha, ajratilgan o‘rinlarga nomzodlarni saralash O‘sh davlat universiteti tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida ta’lim o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. O‘zbek tilida o‘qitish lotin grafikasi asosida bo‘lgani sababli, nomzodlarning lotin alifbosini bilishi ham hisobga olinadi. Nomzodlar tanlangan ta’lim tilini bilishini namoyish etishi va ikkita mutaxassislik fanidan sinovdan o‘tishi shart. Imtihonlar besh ballik tizimda baholanadi.

Hujjatlar 2026-yilning 22-avgustiga qadar qabul qilinadi. Kirish sinovlari 24-avgust kuni soat 08:00 da O‘sh davlat universitetining bosh o‘quv binosida bo‘lib o‘tadi. Tanlovda ishtirok etish uchun anketa, umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi diplom yoki attestat nusxasi, pasport nusxasi, rus tilidagi belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma va fotosurat taqdim etish lozim.

Qirg‘iziston yoshlariga O‘zbekistonning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun har yili ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha grantlar ajratish 2021-yilda boshlangan edi.

O‘zbekistonda 2026/27-o‘quv yili uchun OTMlarga qabul kvotalari iyul oyida tasdiqlangan bo‘lib, eng muhim yangiliklardan biri axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari uchun davlat granti kvotalari 35 foizga oshirilgani bo‘ldi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.