O‘zbekiston oliygohlarida ish beruvchi korxonalarning buyurtmasi asosida dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda korxonalarning buyurtmalari asosida va bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi. Dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan talabalarga ijtimoiy stipendiya to‘lanadi.

O‘zbekiston oliygohlarida ish beruvchi korxonalar buyurtmasi asosida dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda 2027/2028 o‘quv yilidan boshlab OTMlarda ish beruvchi korxonalar buyurtmalari asosida hamda bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi. Bu 20-sentabr kuni qabul qilingan “Oliy ta’limda dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmonida belgilangan.
2027/2028 o‘quv yilidan boshlab OTMlarda ish beruvchi korxonalar buyurtmalari asosida va bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi.
Bunda dual ta’lim shakliga qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda qabul parametrlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda OTM tomonidan belgilanadi. Shuningdek, dual ta’lim shakliga qabul ish beruvchi korxona buyurtmasiga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida har yili 1-oktabrga qadar amalga oshiriladi.
Dual ta’lim OTM, korxona va talaba o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida tashkil etiladi:
Farmonga ko‘ra, dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan talabalarga ijtimoiy stipendiya to‘lanadi.
Muhandislik ishi, ishlab chiqarish va ishlov berish, arxitektura va qurilish, qishloq xo‘jaligi ta’lim sohalari bo‘yicha dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini 2-kursdan boshlab davlat granti kvotalari doirasida davom ettirish imkoniyati yaratiladi.
Talabaning dual ta’lim shaklida tahsil olgan davri uning umumiy mehnat stajini hisoblashda inobatga olinadi.
2027-yil 1-yanvardan dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash istagini bildirgan korxonalar uchun talabalarga biriktiriladigan murabbiylarni tayyorlash bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etiladi.
2027/2028 o‘quv yili yakunidan boshlab dual ta’lim shakli bo‘yicha OTM va buyurtmachi korxonalarning samaradorlik reytingi yuritiladi. Eng yuqori natija ko‘rsatgan 3 ta OTM va korxonalar reytingdagi o‘rniga mos ravishda 1, 2, 3 milliard so‘mdan rag‘batlantiriladi.
2027-yil 1-yanvardan korxonalarga quyidagi yo‘nalishlarda dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan har bir talaba uchun to‘langan ish haqi xarajatlarining 50 foizi o‘quv yili yakunida subsidiya shaklida qoplanadi.
Korxonalarga dual ta’lim shakliga qabul qilgan talabalar soniga mutanosib ravishda “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” platformasida qo‘shimcha ballar beriladi.
Korxonalar tomonidan OTM hududida dual ta’lim shakli uchun amaliyot bazasini tashkil etish faoliyatini amalga oshirish uchun olib kelingan jihozlar, uskunalar, laboratoriya jihozlari uchun bojxona boji stavkasi 2030-yil 1-yanvarga qadar 1 foiz etib belgilanadi.
Dual ta’lim dasturi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun korxonalar tomonidan xarid qilingan o‘quv uskunalari va jihozlarga nisbatan 3 yil muddatga tezlashtirilgan amortizatsiya qo‘llash huquqi beriladi.

