Mahalliy

O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Jahon banki hisobotida e’tirof etildi

Jahon banki O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalariga bag‘ishlangan «Rising to Prosperity: Broadening Opportunities for All» nomli

O‘zbekiston kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha Jahon banki hisobotida e’tirof etildi

Jahon banki O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalariga bag‘ishlangan «Rising to Prosperity: Broadening Opportunities for All» nomli yangi hisobotini chop etdi. Hujjatga ko‘ra, mamlakat so‘nggi yillarda qashshoqlikni qisqartirish borasida dunyoda eng tez va barqaror o‘sish sur’atlaridan birini namoyon qilmoqda.

JB tahlillarida qayd etilishicha, O‘zbekistonda milliy qashshoqlik darajasi 2021-yildagi 17,0 foizdan 2025-yilga kelib 5,8 foizgacha kamayib, qariyb 3,7 million fuqaro qashshoqlikdan chiqarilgan. Markaziy Osiyo va Yevropa mintaqasida yuqori-o‘rta daromad mezoni ($8.30/kun) asosida hisoblanganda, mintaqadagi qashshoqlik qisqarishining 40 foizdan ortig‘i aynan O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi.

Iqtisodiy islohotlar natijasida mamlakatda aholining barqaror o‘rta qatlam ulushi 37 foizdan 72 foizgacha oshgan. Ayniqsa, qashshoqlikning eng tez qisqarishi qishloq hududlarida kuzatilib, ko‘rsatkich 19,8 foizdan 6,4 foizgacha tushgan va shahar hamda qishloq aholisi turmush darajasi o‘rtasidagi tafovut deyarli yo‘qolgan.

Bunday ijobiy o‘zgarishlarning asosiy omillari sifatida ish haqining oshishi, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi hamda pensiyalarning o‘z vaqtida indeksatsiya qilinishi ko‘rsatilmoqda. Masalan, kam ta’minlangan erkaklar orasida yollanma mehnat bilan bandlik 18 foizdan 46 foizgacha oshgan.

Shu bilan birga, Jahon banki aholining 22 foizi hanuz iqtisodiy xavf-xatarlarga zaif ekanini ta’kidlab, kelgusida ayollar bandligini oshirish, maktabgacha va oliy ta’limni (STEM/ICT) rivojlantirish hamda manzilli ijtimoiy yordam tizimini (LIFA) yanada takomillashtirishni tavsiya etmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.