Mahalliy

O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi Balikesir jurnalistlar jamiyati bilan hamkorlik qiladi

Tadbirda O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Oripov mamlakatlarimiz o‘rtasida media sohasidagi hamkorlik rivojlanayotganini ta’kidlab, Jamiyat

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Turkiyaning Balikesir Jurnalistlar Jamiyati bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi vakillari Balikesir Jurnalistlar Jamiyatining 10 yillik yubileyiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etganida ma’lum bo‘ldi.

Tadbirda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Oripov ikki mamlakat o‘rtasida media sohasidagi hamkorlikning rivojlanib borayotganini ta’kidlab, Jamiyat rahbariyati va a’zolarini ushbu muhim sana bilan tabrikladi.

Marosim doirasida Balikesir Jurnalistlar Jamiyati raisi Semra Aman Akyurak bilan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan, Jamiyat va O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining Buxoro viloyati bo‘limi o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Muloqot davomida o‘zaro hamkorlikning turli yo‘nalishlarni qamrab olishi mumkinligi qayd etildi. Jumladan, jurnalistlarning malakasini oshirish, raqamli media, sun’iy intellekt va yangi texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma o‘quv kurslarini tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Ushbu hamkorlik doirasida Buxoro va Balikesir shaharlarida mediaforumlar o‘tkazish, jurnalistlar va media xodimlari uchun seminar-treninglar, master-klasslar va onlayn ta’lim dasturlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik munosabatlari, tarix, madaniyat, adabiyot, turizm, iqtisodiyot va gumanitar aloqalarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritishga qaratilgan qo‘shma media loyihalarining ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Kelgusida jurnalistika etikasi, ishonchli va xolis axborot tarqatish, faktlarni tekshirish, media savodxonlik va dezinformatsiyaga qarshi kurash sohalarida ham hamkorlik qilish imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.