O‘zbekiston jahon pasportlari reytingida 82-o‘rinni egalladi
Markaziy Osiyoda Qozog‘iston eng yaxshi natija ko‘rsatdi.

O‘zbekiston jahon pasportlari reytingida 82-pog‘onani egalladi. Bu haqda Henley Passport Index 2026 reytingida ma’lumot keltirilgan.
Markaziy Osiyoda eng yuqori natijani Qozog‘iston qayd etdi. Qo‘shni davlat pasporti 66-o‘rinni egalladi.
Pasport reytingi viza talablari va fuqarolarning erkin harakatlanishiga qarab belgilanadi.
Qo‘shnilar orasidagi natijalar quyidagicha:
Qozog‘iston — 66-o‘rin
Qirg‘iziston — 81-o‘rin
O‘zbekiston — 82-o‘rin
Tojikiston — 87-o‘rin
Turkmaniston — 93-o‘rin
Singapur pasporti dunyodagi eng kuchli deb topildi. Yaponiya, Janubiy Koreya, BAA va Shvetsiya kuchli uchlikni yakunladi.

