Mahalliy

O‘zbekiston HHK Braziliyaning C-390 Millennium samolyotini qabul qilib oldi

Braziliyaning Embraer kompaniyasi O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlariga ilk C-390 Millennium ko‘p vazifali harbiy-transport samolyotini topshirdi. Topshirish

O‘zbekiston HHK Braziliyada ishlab chiqarilgan C-390 Millennium samolyotini qabul qilib oldi

Braziliyaning Embraer kompaniyasi O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlariga ilk C-390 Millennium ko‘p vazifali harbiy-transport samolyotini topshirdi. Topshirish marosimi kompaniyaning Braziliyadagi Gavian-Peyshotu ishlab chiqarish majmuasida bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni general-mayor Ahmad Burxonov hamda «O‘ztextreyd» davlat muassasasi direktori Olimxon Baqiyevich Rustamov qatnashdi.

Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2024-yil oxirida imzolangan bo‘lib, u samolyot bilan bir qatorda mutaxassislarni tayyorlash, texnik qo‘llab-quvvatlash va ehtiyot qismlar yetkazib berishni ham o‘z ichiga oladi.

Shu bilan O‘zbekiston C-390 Millennium samolyotidan foydalanadigan Markaziy Osiyodagi ilk davlatga aylandi.

C-390 Millennium 26 tonnagacha yuk ko‘tara oladi va soatiga 470 uzel tezlikda uchishi mumkin. Ushbu samolyot yuk hamda harbiylarni tashish, havodan yuk tashlash, tibbiy evakuatsiya, qidiruv-qutqaruv, yong‘in o‘chirish va gumanitar operatsiyalarda ishlatilishi mumkin. U tayyorlanmagan yoki vaqtinchalik uchish-qo‘nish yo‘laklaridan ham foydalana oladi.

Maxsus jihozlar o‘rnatilganda C-390 havoda boshqa samolyotlarga yoqilg‘i quyish yoki o‘zi havoda yoqilg‘i qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Embraer kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu samolyot Braziliyadan tashqari Portugaliya, Vengriya, Janubiy Koreya, Niderlandiya, Avstriya, Chexiya, Shvetsiya, BAA, Slovakiya, Kolumbiya va Litva tomonidan ham tanlangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.