Dunyo

O‘zbekiston harbiylari Britaniyadagi “Kembriya patruli” xalqaro musobaqasida ikkinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston harbiylari Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan “Kembriya patruli” xalqaro musobaqasida kumush medalni qo‘lga kiritdi. 35 ga yaqin mamlakatdan 140 dan ortiq guruh qatnashgan sinovlar 48 soat davom etdi. O‘zbekiston jamoasi musobaqada 2017-yildan buyon ishtirok etib kelmoqda.

O‘zbekiston harbiylari Britaniyadagi “Kembriya patruli” xalqaro musobaqasida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilaridan tuzilgan jamoa Buyuk Britaniyaning Uels shahrida bo‘lib o‘tgan “Kembriya patruli” (Cambrian Patrol) xalqaro harbiy musobaqasida kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Musobaqada Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya, Germaniya, Italiya, Pokiston va Qozog‘iston kabi 35 ga yaqin davlatdan 140 dan ortiq patrul guruhi qatnashdi.

Ishtirokchilar 48 soat davomida tog‘li, botqoqli va borish qiyin hududlarda murakkab sinovlardan o‘tdi. Ular taxminan 70 kilometr masofani bosib o‘tib, razvedka vazifalarini bajarish, shartli jang ssenariylarini ishlab chiqish, to‘siqlarni yengib o‘tish va yaradorlarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘nikmalarini namoyish etdi. Shuningdek, kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy tahdidlar sharoitida harakat qilish qobiliyati ham sinovdan o‘tkazildi.

“Kembriya patruli” musobaqasi 1959-yildan beri o‘tkazib kelinadi. Hozirda uni Buyuk Britaniya Qurolli Kuchlarining 160-Uels brigadasi tashkil etadi. Musobaqa harbiy bo‘linmalarning amaliy tayyorgarligini sinash, tajriba almashish va xalqaro harbiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

O‘zbekiston harbiylari musobaqada ilk bor 2017-yilda qatnashib, ikkinchi o‘rinni egallagan. 2018 va 2019 yillarda jamoa oltin medalni qo‘lga kiritgan. 2020−2025-yillar davomida ham jamoa kumush medallar olgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.