O‘zbekiston Eron ustidan g‘alabadan so‘ng FIFA reytingida yuqoriladi
Reytingni jahon chempioni sanalgan Ispaniya boshqarib bormoqda (1995,8 ochko). Keyingi pog‘onalarda Argentina, Fransiya va Angliya

O‘zbekiston Eron ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin FIFA reytingida yuqoriladi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida o‘z o‘rnini yaxshiladi. Kecha Eron ustidan g‘alaba qozongan milliy jamoamiz hisobiga 6,83 ochko qo‘shildi. Natijada jamoamiz FIFA onlayn reytingida bir pog‘ona ko‘tarilib, 59-o‘rinni egalladi.
Tunis terma jamoasi O‘zbekistondan oldingi o‘rinni band etgan bo‘lsa, Qatar terma jamoasi bizdan keyingi 60-o‘rinda qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida vakillarimiz Eronni 3:1 hisobida mag‘lub etgan edi. Eldor Shomurodov mazkur bahsda dubl muallifi bo‘ldi.

