O‘zbekiston-Eron o‘rtoqlik o‘yini — Gazeta fotoreportajida
O‘zbekiston milliy jamoasi Eron bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Eldor Shomurodov dubl qayd etgan bo‘lsa, Husayn Norchayev o‘yin yakuniga yaqin hisobni yiriklashtirdi. Eron tablosidagi o‘zgarish Jahongir O‘rozovning avtogoli evaziga bo‘ldi. Gazeta o‘yindan fotoreportaj tayyorladi.

O‘zbekiston-Eron o‘rtoqlik o‘yini — Gazeta fotoreportajida
24-sentabr kuni Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida O‘zbekiston milliy jamoasi Eron bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar safidan gollarni Eldor Shomurodov (dubl — 10 va 58-daqiqalar, ikkinchi gol — penaltidan) hamda Husayn Norchayev (90+4) kiritdi. O‘zbekistonlik himoyachi, Qozonning “Rubin” klubi futbolchisi Jahongir O‘rozov esa o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi (avtogol, 49-daqiqa).

