Mahalliy

O‘zbekiston COP31 konferensiyasida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz

O‘zbekiston COP31 konferensiyasida qatnashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Yig‘ilishda O‘zbekistonning yirik xalqaro iqlim anjumaniga har tomonlama hozirlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi. Xususan, ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarni ko‘rib chiqdilar:

🔹 O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishi sohasidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlari va tashabbuslari;

🔹 milliy loyihalar va erishilgan natijalarni taqdim etish;

🔹 delegatsiya tadbirlari va ishbilarmonlik dasturini tayyorlash;

🔹 xalqaro hamkorlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

🔹 mamlakat ishtirokini axborot va media jihatdan yoritish.

Yig‘ilishda O‘zbekistonning iqlim tashabbuslari, iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish bo‘yicha milliy chora-tadbirlari, shuningdek, global iqlim maqsadlariga erishishga qo‘shayotgan hissasini xalqaro hamjamiyatga keng tanishtirish imkonini beradigan yagona kommunikatsiya kun tartibini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Yakunda kelgusidagi vazifalar va hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

COP31 konferensiyasi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va O‘zbekistonning iqlim kun tartibidagi tashabbuslarini xalqaro miqyosda ilgari surish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.