Dunyo

O‘zbekiston bayrog‘i Seul osmonida (foto)

15 sentyabr kuni Seul osmonida o‘zgacha manzara kuzatildi — O‘zbekiston bayrog‘ining moviy, oq va yashil

**O‘zbekiston bayrog‘i Seul osmonida (foto)**

15 sentyabr kuni Seul osmonida noodatiy manzara kuzatildi — O‘zbekiston bayrog‘ining moviy, oq va yashil ranglaridagi dirijabl Koreya Respublikasi poytaxti ustidan parvoz qildi.

Uning ortida yurtga muhabbat, milliy g‘urur va O‘zbekistonning do‘st Koreya zaminidagi yana bir yorqin qadami mujassam edi.

O‘zbekiston Prezidentining Janubiy Koreyaga davlat tashrifi arafasida amalga oshirilgan ushbu ramziy tashabbus Seul aholisi va xorijlik mehmonlarga O‘zbekistonni yana bir bor tanitish, milliy qadriyatlarimiz va davlat ramzlarimizni namoyon etishga xizmat qildi.

Ana shu zamonaviy shahar osmonida O‘zbekiston bayrog‘i ranglarining namoyon bo‘lishi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar ham yangi, zamonaviy va istiqbolli bosqichga ko‘tarilayotganining go‘zal ramzi bo‘ldi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.