Iqtisodiyot

O‘zbekiston Afg‘onistonga avtomobil shinalarini eksport qilishi mumkin

Korxona yiliga 3 mln dona avtomobil shinasi, 200 ming dona qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun shina

O‘zbekiston Afg‘onistonga avtomobil shinalari yetkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Afg‘onistonning avtomobil savdosi sohasidagi yirik tadbirkorlaridan tashkil topgan delegatsiya Toshkent viloyatining Angren shahrida joylashgan "Birinchi rezinotexnika zavodi"ga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar korxonaning zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, avtomobil shinalarini ishlab chiqarishning to‘liq texnologik jarayoni va mahsulot sifatini nazorat qilish tizimi bilan tanishdilar. Zavod mutasaddilari delegatsiyaga korxonaning ishlab chiqarish salohiyati va mahsulot turlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Ta’kidlanishicha, "Birinchi rezinotexnika zavodi" O‘zbekistonda avtomobil shinalari ishlab chiqaruvchi birinchi va yagona korxona bo‘lib, yiliga 3 million dona avtomobil shinalari, 200 ming dona qishloq xo‘jaligi texnikasi shinalari va 100 ming pogon metr konveyer lentasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Uchrashuvda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan shinalarni Afg‘oniston bozoriga yetkazib berish, savdo hamkorligini kengaytirish, dilerlik tarmog‘ini rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Ushbu tashrif ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni faollashtirish, eksport hajmini oshirish va yangi biznes sherikliklarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilishi qayd etildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.