O‘zbekiston 2027–2029-yillarda Qo‘shilmaslik harakatiga ilk marotaba raislik qiladi

O‘zbekiston 2027-yildan 2029-yilgacha Qo‘shilmaslik harakatiga birinchi marta raislik qiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, O‘zbekiston xalqaro diplomatiyaning muhim markaziga aylanishi uchun ko‘p qirrali, vazmin va muvozanatli tashqi siyosatni davom ettiradi. Iqtisodiy diplomatiya tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.
O‘zbekiston 2027-2029-yillarda Qo‘shilmaslik harakatiga ilk bor raislik qiladi. Bu global tuzilma 120 dan ortiq davlatni birlashtirgan bo‘lib, uning samaradorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar faol ilgari suriladi. Shuningdek, Afg‘oniston bo‘yicha konstruktiv siyosat qat’iy davom ettiriladi.
Prezident tantanada ishtirok etgan diplomatik korpus vakillari, xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda AQSH, Turkiya va Singapurdan kelgan yuqori martabali mehmonlarga samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Davlat rahbari global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv va ekologiya masalalari tobora dolzarb bo‘lib borayotganini ham ta’kidladi. Kelgusi besh yilda ekin maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalar qamrovini 100 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

